03 apr 13:52
Yangiliklar
Dzyudo
Antaliya "Katta Dubulg'a". Ikkinchi kun yakuniga ko'ra kuchli o'ntalikdamiz!
Dzyudo bo'yicha Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari ham tarix sahifasidan joy oldi.
Kecha 4 ta vazn (2 ta erkaklar, 2 ta ayollar) toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. -81 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan SHarofiddin Boltaboev musobaqa bronza medali va 500 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. Bitta kumush, 3 ta bronza medaliga ega O'zbekiston 63 davlat orasida roppa-rosa 10-o'rinni egallab turibdi.
Franciya terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida peshqadamga aylanib oldi. Braziliyada ham xuddi shunday ko'rsatkich. Kuchli uchlikka 1 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan Mo'g'uliston yakun yasagan. 18 davlat terma jamoalari kamida 1 ta medal qo'lga kiritishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar