So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

24 mar 16:27
Yangiliklar

Dzyudo

Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etadigan tarkibimiz malum

Bugun Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniridagi ishtirokini muddatidan avval yakunlagan dzyudochilarimizning navbatdagi manzili Turkiya bo'ladi.

Besh kundan so'ng, aniqrog'i 29-31 mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi. Ayni shu daqiqalarga qadar mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada qatnashish istagini dunyoning 5 qitasi 96 davlatidan jami 668 nafar (377 erkak, 291 ayol) dzyudochi bildirgan.

Tabiiyki, ular orasida bizning dzyudochilarimiz ham bor. O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi 20 nafar (12 erkak, 8 ayol) dzyudochini musobaqa qaydnomasida ro'yxatdan o'tkazgan. Kichik o'zgarish bo'lib qolmasa, tarkibga kiritilgan dzyudochilarimiz turnir medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishadi.


Antaliya "Katta Dubulg'a" turniri uchun tarkibimiz:

AYOLLAR

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-52 kg: Diyora Keldiyorova, Sita Kadambaeva 

-57 kg: SHukurjon Aminova

-70 kg: SHohista Nazarova, Gulnoza Matniyazova

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva

+78 kg: Rinata Ilmatova 


ERKAKLAR

-60 kg: Dilshodbek Baratov, Doston Ro'ziev

-66 kg: Muhriddin Tilovov, Sardor Nurillaev

-73 kg: SHahram Ahadov, Murodjon Yo'ldoshev

-81 kg: Nurbek Murtazoev, SHarofiddin Boltaboev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev

+100 kg: Alisher Yusupov, SHohruhxon Baxtiyorov 


Bosh murabbiy: Ilias Iliadis

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing