05 iyu 07:54
Yangiliklar
Engil atletika
Anvar Anvarov bu gal CHexiyada shohsupaga ko'tarildi
CHexiyaning Praga shahrida engil atletika bo'yicha “Josef Odlozil Memorial” xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Evropa bo'ylab musobaqalarda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Anvar Anvarov Butunjahon engil atletika federaciyasining bronza darajasidagi ushbu startda kumush medalga sazovor bo'ldi.
Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan Anvarov 7,92 metr natija qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Ahamiyatlisi, g'oliblikka erishgan 18 yoshli chexiyalik Petr Meyndlshmid ham xuddi shunday natija ko'rsatgan. Biroq urinishlar holatiga ko'ra mezbon atlet oltin medalga ega chiqdi.
1. Petr Meyndlshmid (CHexiya) – 7,92 metr
2. Anvar Anvarov (O'zbekiston) – 7,92
3. Rusval Samaai (JAR) – 7,75
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar