03 fev 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Anvar Boynazarov Fury FC 115 turnirida jang qiladi
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Anvar Boynazarovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 7 fevral tongida AQSHning Texas shtati, San-Antonio shahrida tashkil etiladigan MMA bo'yicha Fury FC 115 turnirida ishtirok etadi. 37 yashar Boynazarovga o'sha kuni braziliyalik Lorram Esteves raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Anvar Boynazarov MMA bo'yicha 10 ta jangda ishtirok etib, 5 tadan g'alaba va mag'lubiyatni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Estevas hisobida esa 9 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar