05 iyu 17:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Anvarov Greciyada sovrindor bo'ldi
Greciyaning Pirey shahrida, mashhur Municipal teatri maydonida engil atletikaning uzunlikka sakrash yo'nalishi bo'yicha “Piraeus Street Long Jump” xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
			Butunjahon engil atletika federaciyasining taqvimidan o'rin olgan «kumush» darajadagi ushbu musobaqada qatnashgan hamyurtimiz Anvar Anvarov 7.84 metr natija bilan bronza medalini qo'lga kiritdi.
Turnirda g'oliblik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, greciyalik Miltiadis Tentogluga nasib etgan bo'lsa, shveciyalik Tobias Montler ikkinchi o'rinni egalladi.
1. Miltiadis Tentoglu (Greciya) – 8.24
2. Tobias Montler (SHveciya) – 7.88
3. Anvar Anvarov (O'zbekiston) – 7.84

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar