28 may 08:31
Yangiliklar

APL chempioni 181 mln, 20-o'rindagi jamoa 110 mln funt mukofot oldi
Angliya chempioniga aylangan “Liverpul” o'tgan mavsumda mukofot puli sifatida 181,5 million funt ishlab oldi, deb xabar beradi The Atletic.
Manbaga ko'ra, ikkinchi o'rinni egallagan “Arsenal“ klubi 177,8 million funt sterling olgan. Uchinchi o'rinni egallagan “Manchester Siti” esa 171,5 million funt ishlab topdi. CHempionlar ligasiga ham yo'l olgan “CHelsi” va “Nyukasl” mos ravishda 169,5 million funt hamda 165,8 million funt sterling mukofot puliga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, oxirgi, 20-o'rinni egallagan “Sautgempton” 110,9 million funt ishlab topgan. APLni tark etgan “Ipsvich“ 112,9 million funt, “Lester” esa 119,2 million funt sterling olgan.
Havola :
Fikrlar