11 iyu 18:49
Yangiliklar
Futbol

APLning mashhur FIFA referilari Indoneziyada shakarguftorlik qilishdi FOTO
Angliya Premer-ligasining taniqli FIFA hakamlari Indoneziyadagi tungi klublarning birida yosh qizlar davrasida ko'ngilxushlik qilishdi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Gap Martin Atkinson, Kevin Frend, Devid Kut va Andre Marriner haqida ketmoqda. Bu to'rt hakam Indoneziyaga Atkinson tomonidan tasis etilgan Atkinson's Whistle Stop Tour xayriya jamg'armasi akciyasini o'tkazish uchun borishgan edi.
Qora libos sohiblari o'tkazilgan turli tadbirlar orqali indoneziyalik muxtoj oila farzandlari uchun mablag' to'plashdi. Kechqurun esa tungi klubda o'z charchoqlarini chiqarishdi. Hakamlardan birgina Devid Kut bo'ydoq edi.
Havola :
Fikrlar