03 avg 08:40
Yangiliklar
AQSH basketbol terma jamoasi Olimpiada chog'ida kruiz laynerida yashaydi
Aksincha, bu terma jamoa mahobatli kruiz layneridan qo'nim topishadi hamda rasmiy o'yinlar va mashg'ulotlarga o'sha erning o'zidan qatnashadi. Silver Cloud nomli layner Rio-de-Janeyro qirg'oqlaridan joy oladi.
Takidlash joiz, ushbu laynerga nafaqat erkaklar terma jamoasi, balki basketbol bo'yicha AQSH ayollar terma jamoasi ham joylashadi. Bu erda barcha sharoitlar yaratilgan. Uzunligi 150 metrni tashkil qiluvchi paroxodda restoranlar, kazino, trenajer zali, kutubxona, go'zallik saloni, barlar va basseynlar bor.
Mahobatli laynerda bir hafta yashash harajatlari 12000 evroni tashkil qiladi. 4 avgust kuni Rioga yana bir layner etib keladi. Unda basketbolchilarning oila azolari joy olishadi.
Malumot uchun, AQSH erkaklar va ayollar basketbol terma jamoalari 1992 yilgi Barselona Olimpiadasidan boshlab to shu kunga qadar o'tkazilgan barcha olimpiya o'yinlarida alohida jamoa bo'lib yashab kelishyapti.
Fikrlar