27 apr 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA
AQSH boks federaciyasi IBA tarkibidan chiqdi
AQSH boks federaciyasi Xalqaro boks associaciyasi (IBA) tarkibidan chiqqanini elon qildi.
Federaciya kengashi bir ovozdan ushbu qarorni qabul qilgan. Bayonotga ko'ra, "Olimpiya harakatiga hurmatsizlik", "Parij Olimpiadasi saralash tizimiga aralashish", "XOQ talablariga bo'ysunmaslik" kabi masalalar bunga sabab bo'lgan.
Amerika boks federaciyasi shuningdek yangi "Butunjahon boks" nomli associaciya tashkil etilishi haqida ham malumot bergan. Ushbu tashkilotga Britaniya ham qo'shilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSH Toshkentdagi jahon chempionatiga boykot elon qilgan va musobaqada ishtirok etmasligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : USA Boxing
Fikrlar