25 dek 08:46
Yangiliklar
AQSH sharafini himoya qiluvchi shaxmatchimiz Gulruhbegim ham Samarqandga etib keldi + FOTO
Bugun jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Musobaqada qatnashuvchi grossmeysterlarning esa qo'hna shaharga tashrifi davom etmoqda. Jumladan, AQSH sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova ham jamoadoshi bilan birgalikda Samarqandga etib keldi va o'z instagramiga "Registon" maydonidan surat joyladi.
Eslatib o'tamiz, Gulruhbegim yaqinda AQSH chempionatida kumush medal hamda mukofot puli sifatida 30 000 dollarni qo'lga kiritgandi. Tohirjonova 12 tur yakunlariga ko'ra 8 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagandi. Hamyurtimiz so'nggi partiyada imkoniyatni boy bermaganida AQSH chempioniga aylangan bo'lardi.
Malumot uchun, Samarqanddagi jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 1 million dollarni tashkil etadi. Rapid yo'nalishida 500 000 dollar (erkaklar 350 000, ayollar 150 000), blic yo'nalishida ham 500 000 dollar (erkaklar 350 000, ayollar 150 000) pul mukofoti ajratilgan.
Fikrlar