25 okt 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

AQSHda aslida Qudratillo ringga chiqishi kerak bo'lgan jang o'tkazildi
AQSHning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik 31 yoshli Sergey Lipinec (16-1, 12 KO) kanadalik 33 yashar Kastio Kleyton (18-0, 12 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Aslida ushbu jangda hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov Lipinecga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Lekin Abduqahhorov AQSH vizasini ololmadi. Natijada IBF Qudratilloning o'rniga Kleytonni almashtirdi.
Lipinec - Kleyton jangi vaqtinchalik IBF kamari uchun kechdi. O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda durang natija qayd etildi — 115:113 (Kleyton foydasiga), 114:114, 114:114.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar