So’nggi yangiliklar

09:03Жейк Полнинг рақиби GLORY собиқ чемпиони бўлади 0 08:32RAF лигасида россиялик спортчиларнинг иштироки ҳақида расмий баёнот берилди 0 08:01Элит ОЧЛ. "Ал Қодисия" 5 та гол урди, "Ал Айн" меҳмонда Саудия жамоасини мағлуб этди ва бошқа натижалар + ВИДЕО 0 21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0

24 avg 08:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Aralash yakkakurashchilarimiz Octagon 62 turnirida qanday natija qayd etishdi?

Kecha oqshom Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 62 turniri bo'lib o'tdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida besh nafar hamyurtimiz navbatdagi janglarini o'tkazishdi. O'ta engil vazndagi vakilimiz Axmat Mamlakatov qirg'izistonlik Guljigit Adilet uuluga birinchi raundning birinchi raundidayoq imkoniyatni boy berdi. Guljigit bo'g'ish usuli bilan muddatidan oldin g'alabaga erishdi. Bu uning to'rtinchi g'alabasi bo'ldi. 

Yarim o'rta vazn toifasida o'tgan jangda hamyurtimiz Abdulaziz Mustafaev qozog'istonlik Muratjan Yusupovga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Yusupov hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi. Bu uning uchinchi g'alabasi edi. 

Og'ir vaznda vatandoshimiz Xabib Gaziev mezbon jangchisi Miras Esmaxay bilan to'qnash keldi. Debyutantlar o'rtasidagi jang birinchi raundning o'zida Xabib Gazievning g'alabasi bilan yakunlandi. Hamyurtimiz ketma-ket zarbalaridan keyin referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. 

Engil vazndagi jangchimiz Mavlonbek Mirkomilov (6-2-1) faoliyatidagi oltinchi g'alabasini tantana qildi. Aralash yakkakurash ustamiz ikkinchi raundning birinchi daqiqasidayoq tojikistonlik Farhod Davlatov (Tojikiston, 8-4)ni bo'g'ib qo'ydi. Jangdan keyin u ushbu vaznda chempion bo'lib turgan yana bir hamyurtimiz Doston Bozorovga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekanini malum qildi.    

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi so'nggi jang engil vaznda o'tkazilib, unda Mansur Atajanov tojikistonlik Qamariddin "Kamil Karate" Hasanovga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Kamil Karate hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing