So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

20 avg 12:06
Yangiliklar

Bolalar sporti, Suv sporti turlari

“Arbek”da yangi suv sporti saroyi foydalanishga topshirildi FOTOGALEREYA

Mamlakatimizda O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan bunyod etilayotgan muhtasham va zamonaviy andozalar asosidagi sport inshootlari yoshlarni manan va barkamol ruhda voyaga etkazish yo'lida xizmat qilmoqda.

Xorazm viloyatining SHovot tumanidagi “O'zbekiston” qishlog'ining “Arbek” mahallasida qad rostlagan “Bolalar suv sporti saroyi” ham yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi hisoblanadi. 

Bu erda to'laqonli mashg'ulotlar o'tkazish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar muhayyo qilingan. Qolaversa, 11x25 metr o'lchamli suzish havzasi, sportchilarning echinib-kiyinish, yuvinish xonalari suv sporti ixlosmandlari ixtiyorida. SHuningdek, laboratoriya, tibbiyot, murabbiylar xonalari va boshqa infratuzilmalar ham ko'ngildagidek.

“Bolalar suv sporti saroyi” tuman markazidan  biroz uzoqda joylashgan. Bu chekka hududlarda yashovchi suv sporti ixlosmandlariga ancha qulayliklar yaratmoqda. Sport obekti joylashuvining  yana bir ahamiyatli jihati shundaki, uning atrofida “O'zbekiston” qishlog'idan tashqari, “CHo'qli”, “CHig'atoy qala”, “Ijtimoyat”, “Qangli” va “Hurriyat” qishloqlari ham joylashgan. 

Ushbu qishloqlarning suv sporti saroyigacha bo'lgan oraliq masofasi esa bor-yo'g'i bir kilometrdan to'rt kilometrgacha.  Demak, u erda qo'shni qishloqlar aholisi, jumladan, yoshlari suv sporti turlari bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega.

Kuni kecha “Bolalar suv sporti saroyi”  tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Uning ochilishiga bag'ishlangan marosim bayramona tarzda tashkil etildi. Unda Xorazm viloyati va SHovot tumani hokimligi, O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Tadbirni SHovot tumani hokimi Hakimjon Otaxonov ochib berdi. So'ngra, so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati komissiya raisi Tolibjon Madumarov, O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'minjonov, Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari Sanat Salaev, “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi raisi Qadamboy Matsapaevlar yurtimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar O'zbekistonimiz nufuzini ko'klarga ko'targani, salohiyatini oshirganini etirof etishdi. 

Sport sohasida ham yuksak cho'qqilar egallanayotgani, buning barobarida, o'zbekistonlik sportchilar orasidan jahon, Osiyo chempionatlari, Olimpiada o'yinlari va nufuzli xalqaro musobaqalarning g'olib va sovrindorlari etishib chiqqanligi va chiqayotganini faxr bilan tilga olishdi. 

Foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy “Bolalar suv sporti saroyi” mustaqillik bayrami arafasida hukumatimiz tomonidan shovotlik yoshlarga, tuman aholisiga o'ziga xos bayram tuhfasi bo'lganligini takidlashdi. 

Ikrom XUDOYBERGANOV, SHovot tumanidan maxsus

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing