15 okt 09:11
Yangiliklar
Sport kurashlari, Olimpiya o'yinlari
Argentina-2018. Bayroqdorimiz bronza medalini qo'lga kiritdi
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari davom etmoqda.
Biroz avval erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov oltin medalga ega chiqqandi. Endi -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhammadrasul Rahimov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz musobaqa davomida Yangi Zelandiya vakilini mag'lub etdi. Ikkinchi bahsida esa rossiyalik polvonga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan uchrashuvda esa kanadalik sportchidan ustun keldi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Bu O'zbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritilgan 12-medal bo'ldi. Endi hamyurtlarimiz hisobida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallari mavjud. Bitta oltin va 1 ta bronza medali mikst bahslarida qo'lga kiritilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar