12 mar 17:30
Yangiliklar

Arman Carukyan keyingi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchiligini malum qildi
"May yoki aprel oxirida jang berishsa, buni qabul qilishga tayyorman. Ajoyib bo'lardi. Men davogarlar bilan, yani kuchli beshlikdagilardan biri — Getji yoki Oliveyra bilan jang qilmoqchiman. Jastin endi chempionlik uchun kurashmoqchi. Ammo uning men bilan jang qilishi mantiqan to'g'ri bo'ladi, chunki unga boshqa hech kim chempionlik imkoniyatini bermaydi. Bu adolatsizlik bo'lardi. U kamarga davo qilish uchun meni yoki CHarlzni mag'lub etishi kerak. Bundan tashqari, Iliya Topuriya ham bor.
Menimcha, tashkilotchilar men uchun Oliveyra, Getji yoki Maxachev bilan jang uyushtirishadi. Men kuchli beshlikdagi hamma uchun ochiqman. Pastroqdagilar bilan kurashmoqchi emasman, chunki men asosiy davogarman, chempionlik uchun jang qilishim kerak", deya Carukyanning so'zlaridan iqtibos keltiradi MMA Mania nashri.
Fikrlar