26 jan 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "Men Getji, Topuriya Maxachev bilan jang qiladi"
UFC engil vazn reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan kecha Peddi Pimblettni mag'lub etib, vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Jastin Getjining navbatdagi raqibi bo'lishi mumkin.
"O'ylashimcha, men Jastin Getji bilan jang qilaman, Iliya Topuriya esa yarim o'rta vazn toifasida Islam Maxachevga qarshi chempionlik uchun oktagonga chiqadi. Bu mening taxminim", - dedi asli armanistonlik Carukyan.
Eslatib o'tamiz, Arman Carukyan kechagi jang yakunlanishi bilan Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqish istagini bildirgandi. Rasmiy ravishda Getji amaldagi divizion chempioni Iliya Topuriya bilan jang uchun asosiy nomzodga aylandi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar