05 fev 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan o'zining eng qimmat xaridini aytdi
Engil vazn toifasi UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi hayotidagi eng qimmat xarid haqida gapirdi.
"Mehmonxona bo'lsa kerak. Qancha turardi? Xo'sh, o'sha paytda 25 mln rubl (hozirgi kun holatida 325 054 dollar)", - dedi Carukyan YouTube’dagi Mash sport kanaliga bergan intervyusida.
Arman Carukyan 29 yoshda. Rossiyalik-armanistonlik jangchining MMAdagi professional rekordi 23 g'alaba, shundan 15 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan va uchta mag'lubiyat. Professional sifatida "Axalkalakes" 2015 yil sentyabr oyida aralash yakkakurashlarda debyut qilgan. 2019 yilning aprel oyidan UFC jangchisi. U erkin kurash va MMA bo'yicha sport ustasi hisoblanadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar