08 sen 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan Peddi Pimblettni jangga chorladi
Rossiyalik engil vaznli (70 kggacha) UFC jangchisi Arman Carukyan britaniyalik Peddi Pimblettni jangga chorladi.
"Peddi Pimblett, men sen bilan jang qilishni istayman. Sen UFC'da ajoyib start qilding va endilikda yangi bosqichga o'tyapsan. Kurash uchun reytingda 10-o'rinda turish haqida nima deb o'ylaysan? Katta qadam tashlashga tayyormisan yoki yo'q?", - deb yozgan Carukyan ijtmoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Takidlash joizki, Arman Carukyan so'nggi jangini 26 iyun kuni Mateush Gamrotga qarshi o'tkazib, hakamlarning kutilmagan qarori tufayli mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar