24 apr 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "Topuriya o'zini superyulduzday tutayapti, lekin..."
Arman Carukyan amaldagi chempion Iliya Topuriya bilan bo'lgan mojaro haqida gapirdi.
"U meni yomon ko'radi, chunki men uni doim masxara qilaman. Internetda hamma uning ustidan kulayapti. Oxirgi intervyusidan keyin hamma uni qanchalik ahmoq ekanini aytdi.
Ha, uning muxlislari bor, lekin u o'zini daxlsiz, xuddi superyulduzday tutadi. Lekin men uni erga tushirib qo'yaman", — dedi Carukyan Ariel Xelvani podkastida.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar