21 jan 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan UFC’da 8 jangchi ishtirokida Gran-pri turniri o'tkazishni taklif qildi
Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi Dana Uaytga promoushenida eng kuchli jangchini aniqlash uchun maxsus Gran-pri turniri tashkil etish g'oyasini ilgari surdi.
"Sakkiz nafar kuchli jangchi chempionlik uchun kurashadi va hech kim "men u bilan jang qilgim kelmaydi, jarohat oldim, kamarni himoya qilmoqchiman" deya bahona qila olmaydi.
Gran-prida g'olibi olti hafta ichida aniqlanadi. Sen bilan nima sodir bo'lishi muhim emas: agar jangdan chiqsang — boshqa raqib tayyor", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar