28 jan 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan UFC’da ikkitalik chempion bo'lishni istaydi
UFC jangchisi Arman Carukyan o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida gapirdi.
"CHempion bo'lganimdan keyin ko'p pul ishlab topishni va sen (Daniel Korme nazarda tutilgan) etti yil avval bo'lganingdek UFC’ning yuziga aylanishni istayman. Elkamda ikkita chempionlik kamari bilan yurishni xohlayman. Meni qanday eslab qolishlarini istayman? Elkasida ko'plab UFC kamarlari bor, kamtar inson sifatida. Barcha rekordlarni yangilashga urinishni va dunyoga qandaydir yaxshilik qilishni istayman. Balki, yaxshi bir zal qurishni", — dedi Carukyan Kormega bergan intervyusida.
Havola :
Manba : youtube.com/DC_MMA
Fikrlar