12 dek 01:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Maxanov armanistonlik bokschini mag'lub etib, finalga chiqdi
Dubayda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada superog'ir vazn toifasida (+92 kg) yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Arman Maxanov yarim finalda Armaniston vakili Davit CHaloyanga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi unda bokschimiz 5:2 hisobida g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, Maxanov bungacha musobaqa doirasida IBA Pro jamoasi azosini, shuningdek Belarus va Kuba vakilini mag'lubiyatga uchratgandi.
Bokschimizning navbatdagi raqibi Rossiya yoki Ozarbayjon vakili bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar