08 dek 20:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Maxanov ishtirokidagi jang 1-raunddayoq tugadi
Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada superog'ir vazn (+92 kg) toifasida jang qilayotgan Arman Maxanov ikkinchi jangini Belarus bokschisi Uladislau Smiaxlikauga qarshi o'tkazdi.
Jang 1-raunddayoq yakunlandi. Belaruslik bokschining boshi yorilib ketgani uchun shifokor jangni davom ettirishga ruxsat bermadi va o'sha paytgacha bo'lgan ochkolar hisobga olindi.
Unga ko'ra, Arman Maxanov g'alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Bungacha Maxanov JCHdagi ilk jangini IBA Pro jamoasi nomidan musobaqada ishtirok etayotgan Kristofer Tompsonni muddatidan oldin mag'lub etgandi.
Endi bokschimiz navbatdagi jangini kubalik Arzola Lopesga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar