25 iyu 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA

"Armandan ko'ra men chempionlik jangiga munosibman". Getji - Topuriyaga qarshi jang haqida gapirdi
UFC jangchisi Jastin Getji chempion o'zini Iliya Topuriyaga qarshi jangga loyiq deb hisoblaydi.
"Topuriyaga qarshi jang – bu men xohlayotgan jang. Albatta, men kim navbatdagi davogar bo'lishi kerakligini baholashda biroz subektivman. Lekin men kamar uchun jang qilishga arziyman. Keyingi raqib men yoki Arman bo'lishi kerak. Kimdir Iliya bilan bu yil jang qilishi shart. Menimcha, bu masalada men Armandan yaxshiroq holatdaman. Umid qilamanki, jangimiz Nyu-Yorkda bo'ladi. Men u bilan jang qilaman, keyin esa kamarni Oq uyda himoya qilaman", — dedi Getji.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar