So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

12 mar 15:16
Yangiliklar

Sport kurashlari

Armanistonlik Olimpiada sovrindori, jahon va Evropa chempioni Toshkentda + FOTO

O'zbekistonga armanistonlik afsonaviy yunon-rum kurashchisi, hozirda o'z mamlakatida parlament deputati bo'lib turgan Aram Julfalakyan keldi.

Yunon-rum kurashi bo'yicha London-2012 Olimpidasi kumush medali sovrindori, jahon hamda Evropa chempionatlarining oltin, kumush va bronza medallari sohibi, Qozon Universiadasi vice-chempioni, armanistonlik afsonaviy kurashchi Aram Julfalakyan poytaxtimizda mehmon bo'lib turibdi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Aram faoliyatidagi jahon chempionatining yagona oltin medalini aynan Toshkentda o'tgan dunyo birinchiligida qo'lga kiritgan. O'shanda u ozarbayjonlik Elvin Mursaliev (9:0), avstriyalik Florian Marxl (12:1), meksikalik Xuan Eskobar (11:2), gruziyalik Zurab Datunashvili (1:0) hamda hal qiluvchi final bellashuvida xorvatiyalik Neven Jugay (4:0)ni mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi. Aynan Toshkentdagi jahon chempionatida yana bir tarixiy voqea ro'y bergan. Buni mavridi kelib qolgani uchun eslatib ketamiz. Jahon chempionati doirasida o'tkazilgan Kongressda FILA nomi Birlashgan kurash dunyosi (UWW)ga o'zgartirilgandi.     

Kecha Aram Julfalakyan poytaxtimizga tashrifi doirasida bir necha o'n yillardan beri terma jamoalarimizga istedodli kurashchilarni etkazib berib kelayotgan Respublika olimpiya zaxiralari kollejida bo'ldi. Armanistonlik afsona kollejning kurash zalida mashg'ulot o'tkazayotgan yosh erkin va yunon-rum kurashchilarimiz bilan uchrashib, ular bilan birga mashg'ulot ham o'tkazdi. Julfalakyanning mahorat saboqlarini yoshlarimiz katta ishtiyoq bilan qabul qilishdi va tabiiyki, mashg'ulot so'nggida suratga ham tushishdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing