23 may 10:13
Yangiliklar
Arsen Venger ofsaydning butunlay yangicha qoidasini taklif qilmoqda
FIFAning futbolni rivojlantirish bo'limi rahbari bo'lib faoliyat olib borayotgan taniqli sobiq murabbiy Arsen Venger o'yindan tashqari holatni aniqlashning yangicha uslubini futbolga olib kirishni taklif qilmoqda.
Vengerning g'oyasiga ko'ra, qachonki hujumchi butun tanasi bilan himoyachidan oldinlab ketgan taqdirdagina, o'yindan tashqari holat qayd etilishi kerak.
The Times bergan malumotga ko'ra, Venger futbol qoidalariga javob berishuvchi Xalqaro futbol associaciyalari kengashiga ushbu g'oyani taklif qilishni reja qilmoqda. Sobiq murabbiy SHveciya, Italiya va Niderlandiyada o'tkazilgan tekshiruvlar orqali bu g'oyani sinovdan o'tkazgan.
Arsen Venger ushbu o'zgarishni tezroq amalga oshirish kerak deb hisoblamoqda. Biroq, bu yangilikka hamma ham rozi emas. Masalan, UEFA futbol kengashi rahbari Luish Figu ushbu g'oyaga shubha bilan qaramoqda. Xalqaro futbol associaciyalari kengashi esa bu usulni dastlab VAR bor turnirlarda sinab ko'rish kerak deb hisoblaydi.
Fikrlar