21 fev 07:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbiev faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob qaytardi
Yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Betrebiev boksdan ketish haqidagi savolga javob berdi.
"Bilmayman... Hozircha barchasi yaxshi ketmoqda. O'zimni yaxshi his qilyapman. Sog'lig'im ham joyida. Davom etishni istayman. Balki onam menga faoliyatimni tugatishimni aytar.
Ammo u hech qachon unday demaydi. Qaror qabul qilishni o'zimga qo'yib beradi. Barcha onalar kabi u ham farzandlari haqida qayg'uradi, havotir oladi, ammo doim qo'llab-quvvatlaydi", - dedi Beterbiev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar