22 mar 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Artur Beterbiev imkoni bo'lganda kimlarga qarshi ringga ko'tarilgan bo'lishi mumkinligini aytdi
Yarimo'rta vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev orzusidagi janglari haqida gapirdi.
«Ular endi jang qila olishmaydi. Men Muhammad Ali va Mayk Taysonga qarshi jang qilishni istagan bo'lardim. Ali o'lgan. Tayson hali tirik va u bilan qachonlardir mashg'ulot olib borsam ajoyib ish bo'lardi»,-dedi Artur.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev shanba kuni o'tkazilgan jangda Adam Daynesni o'ninchi raundda nokaut qilishga erishgandi. Bu uning faoliyatidagi o'n oltinchi g'alabasi bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar