So’nggi yangiliklar

19:43“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар 0 19:22Акбар Жўраевда Осиё чемпионатининг 3 та олтин, Шарофиддин Амриддиновда эса 3 та кумуш медали + ФОТО 0 18:48Расмийлар Олимпия шаҳарчасидаги қурилиш ишларини кўздан кечиришди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:00Тошкент нуфузли халқаро турнирга мезбонлик қилади 0 17:39Икрам Алискеров рақамли UFC турнирида жанг ўтказади 0 17:18Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди 0 16:57Турсуной Жабборова Осиё чемпионати совриндори бўлди 0 16:36Рим (WTA). 18 ёшли Мирра Андреевани тўхтатишди 0 16:15Конор Макгрегор UFC'даги анонсларга муносабат билдирди 0 15:54Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган" 0 15:33Дана Уайт Жонс - Аспиналл жангига оид маълумот айтди 0 15:12"Ука, қўрқма". Анкалаев Перейрага мурожаат қилди 0 14:51Рим WTA 1000. Пейтон Стёрнс Элина Свитолинани таслим этди 0 14:30"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди 0 14:09Осиё чемпионати. Гулруҳбегим ва Афрузада муҳим ғалабалар 0

05 jan 19:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Artur Beterbiev: "Kanelo uchun bizning jangimiz qiziq, lekin..."

Boks bo'yicha yarimog'ir vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbiev (17-0, 17 KO) meksikalik Saul Alvares (57-1-2, 39 KO) bilan jang o'tkazishi mumkinligini aytdi.

"Promouterim Bob Arum Markus Braun bilan jangdan oldin Kaneloga xabar berdi. Bizning jangimiz Kanelo uchun qiziq, u men bilan jang qilishni xohlaydi. Muzokaralar bo'ldi, lekin har ikki tomondan ham aniq bir narsa chiqmadi. Menimcha, Bob bunday jangning bo'lishi mumkinligiga ishonchi komil. Kuzatamiz.

Alvares raqib tanlashda etakchilik qiladi. Ular duch kelgan raqiblarni tanlashmaydi. Saulning jamoasi juda tajribali. Bu hurmatga loyiq, qoyil. Agar menga jang taklif qilishsa, ularga bazan jangchilarni qandaydir sharoitga solib qo'yishayotganini, tayyorgarlik uchun kam vaqt berishayotganini aytaman. 

Men uchun pul hech qachon ustuvor bo'lmagan. Men uchun har doim titullar va unvonlar muhim hisoblanadi. Lekin bu menga pul kerak degani emas. Men ham pulni yaxshi ko'raman, lekin bu asosiysi emas. Tushundingizmi?

Kanelo bilan jang sinov emas, bu men uchun chorlov. Men har bir jangga chorlov sifatida qarayman. Aslida, bu bir xil chorlov. Ringda kim g'olib bo'lishini hech kim bilmaydi", — dedi Beterbiev.

Diyor Mavlonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
06 jan 12:47:02
Vista 1981
Tarjimani xam teshib qòyibti
   
06 jan 12:46:44
Vista 1981
Tarjomani xam teshib qòyibti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing