22 dek 19:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbiev Kaneloga qarshi jang qilishga tayyorligini aytdi
Artur Beterbiev Saul Alvares haqida gapirdi.
Yarimog'ir vazn toifasida IBF va WBC yo'nalishlari chempioni Artur Beterbiev (17-0, 17 KO) supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresga (57-1, 39 KO) qarshi ringga chiqishga tayyorligini aytdi.
«Albatta, agar Kanelo yarimog'ir vazn toifasiga qaytishni istasa, unga qarshi jang qilishga tayyorman. Men har doim eng yaxshilar bilan kurashishni xohlayman va u ajoyib jangchi», - dedi Beterbiev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar