08 jan 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Artur Beterbiev navbatdagi raqibi Entoni Yardni nokaut qilmoqchi emas: "Bu haqda umuman o'ylab ko'rmadim"
Yarim og'ir vazn toifasida WVC, WVO va IBF chempioni Artur Beterbievning WVO yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar Entoni Yardni nokaut qilmoqchi emasligini aytdi.
"U kuchli yigit ekani ko'rinib turibdi. Yosh, kuchli, professional boksda yaxshi tajribaga ega. Ko'raylik, o'zim ham bu jangga qiziqyapman. Nima ham derdim? U yaxshi bokschi, professional, yuqori darajaga ko'tarilgan. Men o'zim uni raqib sifatida tanlaganim yo'q, WVO kamarini himoya qilishim kerak edi va Yard bu chempionlik uchun majburiy davogar. Jangni erta tugatishni istaymanmi? Bu haqda umuman o'ylab ko'rmadim. Hamma meni nokaut seriyasini saqlab qolmoqchi deb o'ylasa kerak. Bu mening ishim va men uchun asosiysi ishni yaxshi bajarish", - dedi Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, Artur Beterbiev va Entoni Yard o'rtasidagi jang 28 yanvar kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar