12 dek 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Artur Beterbiev: "Qachon qaytaman? Piterlik yigitdan so'ranglar"
Artur Beterbiev Dmitriy Bivol bilan ehtimoliy uchinchi jang haqida fikr bildirdi.
"Qachon qaytaman? So'rang... Piterda bir yigit bor. U qachon davolanib chiqsa. Men ham darhol tayyor bo'lmayman, tayyorgarlikka ikki-uch oy kerak bo'ladi. Kelasi jangni unga qarshi o'tkazgim keladi. Agar so'z berilgan bo'lsa — bajarish kerak", — dedi Beterbiev.
Bungacha Dmitriy Bivol belini operaciya qildirgani va 2025 yilda jang qilmasligini aytgandi. SHundan so'ng Beterbiev uni uchinchi jangdan qochayotganlikda ayblagan.
Eslatib o'tamiz, birinchi jangda Beterbiev hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan, ikkinchisida Bivol revansh olgan.
Havola :
Manba : Ушатайка
Fikrlar