10 iyu 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbiev: "Yaqin kunlarda yangiliklar bo'ladi"
Boks bo'yicha sobiq mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Artur Beterbiev o'z ijtimoiy tarmoqlarida kelajakdagi rejalari haqida qisqacha xabar qoldirdi.
"Salom, hammaga! Zerikib qoldingizmi? Men ham biroz… Ammo yaqinda yangiliklar bo'ladi. Nima deb o'ylaysiz, nima haqida gapiryapman?" — deb yozdi u o'zining Telegram-kanalida.
Beterbiev so'nggi jangini 22 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar