11 okt 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbievning navbatdagi jangi bekor qilindi
Sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbievning Deon Nikolsonga qarshi 22 noyabrga belgilangan jangi bekor qilindi.
Bu haqida Nikolson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi.
"Hozirgina Artur Beterbiev bilan jangim bekor bo'lgani haqida xabar oldim. Umid qilamanki, yaqin orada boshqa jangim haqida malumot olaman. Mehnat qilishda va tayyorgarlik ko'rishda davom etaman. Artur, balki kelasi safar", - deb yozdi Nikolson ijtimoiy tarmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar