24 iyu 13:45
Yangiliklar
Sport kurashlari
Artur Taymazov bo'layotgan voqealarga izoh berdi
Sobiq uch karra olimpiada chempioni Artur Taymazov o'zi bilan bo'layotgan voqealarga izoh berdi.
"Nimadir bo'layotganini bilardim, bu yaxshi emas. Men uchun eng muhimi uch karra olimpiada chempioni bo'lganim. Men o'zimni uch karra chempion deb hisoblayman. Agar faoliyatimga etibor bersangiz, siz ham haqiqiy chempion ekanligimga shubha qilmaysiz. Bunga erishish uchun uzoq yillar davomida ter to'kdim, tinmay ishlaganman. Xalqimdan, yurtimdan meni qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorman. Ular (XOQ) sportni siyosatga aralashtirib yubormoqda. Bunday qilmaslik kerak. Sport va siyosat boshqa-boshqa tushunchalar",-dedi Taymazov.
Malumot uchun, Taymazovdan Pekin hamda London olimpiadasi oltin medallari tortib olindi. Endi unda faqatgina Afina olimpiya o'yinlarida olgan oltin medali qoldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar