13 sen 16:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Artyom Lobov yangi promoushenda, uning raqibi ham malum!
Asli kelib chiqishi rossiyalik, bir necha yildan beri Irlandiya sharafini himoya qilib kelayotgan MMA jangchisi Artyom Lobov yangi promoushen bilan shartnoma tuzdi.
Lobov Avstraliyaning Arena Fight Championship promousheni bilan kelishuvi bitta jangga mo'ljallangan. Ushbu jang 12 dekabr kuni Franciyaning Marsel shahrida bo'lib o'tadi. Artyomning raqibi franciyalik Iles Jirun bo'ladi.
Malumot uchun, Jirun hisobida 17 g'alaba va 6 mag'lubiyat bor. Lobov so'nggi bor 2018 yilning oktyabr oyida MMAda jang o'tkazgan edi. UFCdan ketganidan so'ng u Bare Knuckle FC, yani qo'lqopsiz janglar promousheni bilan shartnoma imzolagan va 3 ta jangdan 2 tasida g'alaba qozongandi. 31 yoshli Lobov hisobida 13 ta g'alaba, 15 ta mag'lubiyat, 1 ta durang bor. Yana bir jang o'tkazilmagan deb topilgandi.
Havola :
O’xshash yangiliklar
15:28
Dzyudochilarimiz Dushanbe "Katta dubulg'a" turnirinining ilk kunida ikkita medalga ega chiqishdi 0
Fikrlar