12 dek 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Arum: Pulev Joshuani nafaqat mag'lub etadi, balki nokautga ham uchratadi
Mashhur promouter Bob Arum Entoni Joshua va Kubrat Pulev o'rtasidagi jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, Pulev Joshuani nafaqat mag'lub etadi, balki nokautga ham uchratadi. SHunday bo'lishini rostan ham sezyapman.
Men Pulevning g'alabasini xursandchilik bilan qabul qilgan bo'lardim. Boshqa tarafdan bu jangning boshqa hamkorim Tayson Fyuriga ham aloqasi bor. Men Fyuri bilan gaplashdim. Tayson ham Pulev Joshuani yanchib tashlashiga ishonyapti. Bu borada biz bir xil fikrdamiz", - dedi Bob Arum.
Eslatib o'tamiz, Joshua va Pulev o'rtasidagi jang 12 dekabrdan 13 dekabrga o'tar kechasi Londonda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar