22 may 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Arum Xeyni bilan jangdagi hakamlik uchun Lomachenkodan uzr so'radi
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum o'z mijozi Vasiliy Lomachenkodan Devin Xeyni bilan jangdagi hakamlik ishi uchun uzr so'radi.
Kecha tongda Las-Vegasda tashkil etilgan boks oqshomida Xeyni Lomachenkoni hakamlarning yakdil qarori bilan (115:113, 115:113, 116:112) mag'lub etgan edi.
"Kechir, yigitcha, sen bu jangda yaqqol g'alaba qozongan eding", - deya jangdan so'ng Lomachenkoga murojaat qilgan Arum.
Vasiliy esa bunga javoban: "Hech qanday muammo yo'q", - deb yozdi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar