11 may 21:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Asadbek Qoxorovning tojikistonlik tajribali raqibga qarshi jangi nokaut bilan yakunlandi
Toshkent mezbonligidagi MMA bo'yicha Octagon 72 turnirining yana bir jangi ortda qoldi.
Asosiy kardning ikkinchi bellashuvida o'zbekistonlik engil vaznli MMA jangchisi Asadbek Qoxorov Tojikiston vakili Farhod Davlatov bilan to'qnash keldi.
Ehtimoliy davogarlar o'rtasidagi bahs ikkinchi raund avvalida yakuniga etdi. Qoxorov raqibini ketma-ket zarbalari bilan nokautga uchratdi.
Bu 24 yashar Asadbek uchun faoliyatidagi o'ninchi jangida qo'lga kiritgan ettinchi g'alabasi bo'ldi. Qoxorovning hisobida uchta mag'lubiyat ham mavjud.
Farhod Davlatov (8-5) esa bugun beshinchi mag'lubiyatini qabul qilishga majbur bo'ldi. Davlatov o'z vaqtida Muhammadjon Qurbonov, Mavlonbek Mirkomilov kabi sportchilarimizga ham imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar