30 okt 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadbek Saidov keyingi jangini tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga qarshi o'tkazishi mumkin (VIDEO)
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Asadbek Saidov kecha faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
U Qozog'istonning Ostona shahrida tashkil etilgan Octagon 80 turnirida qatnashib, Tojikiston vakili Valijon Rajabov ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
SHundan keyin tojikistonlik boshqa bir sportchi, taniqli Fazliddin Madrahimov oktagonga chiqdi va Saidov bilan yuzma-yuz keldi. Octagon League rahbariyati tez orada mazkur jang rasman elon qilinishini bildirdi. Jang engil vazn toifasi chempionligi uchun navbatdagi davogarni aniqlab beradi.
Malumot uchun, Asadbek Saidov hozirga qadar 6 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Fazliddin Madrahimov hisobida esa 15 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va 1 ta durang mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar