06 noy 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadbek Saidov Octagon 80 turniridagi ishtiroki orqali bonusga loyiq ko'rildi
29 oktyabr kuni Qozog'istonning Ostona shahrida MMA bo'yicha Octagon 80 musobaqasi o'tkazilgandi.
Musobaqada engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Asadbek Saidov ham ishtirok etib, Tojikiston vakili Valijon Rajabov ustidan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Ushbu g'alaba orqali Saidov kafolatlangan gonorardan tashqari Liganing maxsus bonusini qo'lga kiritdi.
Tashkilot mazkur bonus summasi odatda qancha ekanligini elon qilmaydi. Lekin Olamsport.com sayti manbaalariga ko'ra bonus miqdori 200 dollarni tashkil etadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar