13 dek 20:09
Yangiliklar
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Jahon chempioni!
Bugun musobaqa doirasida final bellashuvlari tashkil etildi.
CHempionatda -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev finalda Rossiya vakili Evgeniy Koolga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Asadxo'ja 5:0 hisobida g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Malumot uchun, Asadxo'ja finalgacha musobaqa doirasida Bagam Orollari, IBA Pro jamoasidagi armanistonlik bokschi, Qozog'iston va Moljova vakillaridan ustun kelgandi.
Eslatib o'tamiz, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev shu yil sentyabr oyida World Boxing tomonidan o'tkazilgan Jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo'lgandi. Bu bokschimiz uchun faoliyatida JCHlardagi uchinchi oltin medalga aylandi.
Fikrlar