13 may 17:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev qozog'istonlik raqibini engib, jahon chempionati oltin medalini qo'lga kiritdi!
Toshkentda boks bo'yicha jahon chempionatining ilk final janglari davom etmoqda.
Bugungi kun doirasidagi ikkinchi final jangi -67 kg vazn toifasida bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik bokschi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev qozog'istonlik Dulat Bekbauovga qarshi ringga chiqdi. Mazkur jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida Asadxo'ja g'alaba qozongan holda jahon chempionatining oltin medali hamda 200 ming dollar pul mukofotini qo'lga kiritdi.
Bu O'zbekiston terma jamoasining Toshkentdagi jahon chempionatida qo'lga kiritgan ilk oltin medali hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar