So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

12 fev 12:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev uch karra Jahon chempioniga aylangan ilk o'zbekistonlik bokschi sifatida elon qilindi

O'zbekiston boks federaciyasi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevni etirof etdi.

"Ha, qadrli boks ixlosmandlari, 2025 yil boksimiz uchun juda ham omadli yil bo'ldi, desak yanglishmagan bo'lamiz. Ikki tashkilot o'tkazgan jahon chempionatida vakillarimiz munosib ishtirok etib, jahonda etakchi boks mamlakati ekanligini yana bir bor isbotladi. Rekordlar qayd etildi. Bu natijalar negadir kamroq etirof etildi, nazarimizda...

Liverpulda bo'lib o'tgan World Boxing tashkilotining tarixiy ilk jahon chempionatida erkaklar terma jamoamiz 6 ta oltin medalni qo'lga kiritib, rekord qayd etishdi. 

Dubayda IBA tashkil etgan jahon chempionatida esa yana bir tarixiy voqelik yuz berdi. Aniqroq qilib aytsak, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev kattalar o'rtasida 3 karra jahon chempioni bo'lgan birinchi o'zbek bokschisiga aylandi. Ha, undan o'ziga xos "xet-trik". 

Bunga qadar, Ruslan CHagaev 1997 va 2001, Abbos Atoev 2007-2009, Bahodir Jalolov 2019-2023, Abdumalik Xalokov 2023-2025 hamda Hasanboy Do'smatov 2023-2025 yillar ikki marotaba oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev esa 2023 yil Toshkentda, 2025 yil har ikki tashkilot o'tkazgan jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilib, o'zbek boksida o'ziga xos tarix yoza oldi. 

Darvoqe, Olimpiya dasturidan o'rin olgan sport turlari bo'yicha bu borada  4 talik dovon zabt etildi. Yani, 3 karra jahon chempioni bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar 4 taga etdi. Asadxo'jadan avval sport gimnastikasining afsonasi Oksana CHusovitina, og'ir atletikachilarimiz Ruslan Nuriddinov hamda Akbar Jo'raevlar 3 marotaba jahonda tengsiz deb topilgan edi. 

Demak, o'zbek sportida "poker!” Biz bu “xet-trik”, “poker”lar yaqin yillarda “penta-trik”, "geksa-trik"larga aylanishiga ishonamiz!", deyiladi tashkilot xabarida.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing