27 noy 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev yangi menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
O'zbekistonlik bokschi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev faoliyatini professional boksda ham davom ettiradi.
Boxer TV nashriga ko'ra, 2024 yilgi Olimpiya o'yinlari g'olibi va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev Brigade Sports menejerlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Avvalroq, yana bir yosh charm qo'lqop ustamiz — Javohir Ummataliev ham aynan shu kompaniya bilan shartnoma tuzgandi.
Malumot uchun, Vadim Kornilov va Alik Frolov menejerlik qiladigan ushbu tashkilot bilan Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo'ziev, Murodjon Ahmadaliev, Hasanboy Do'smatov kabi o'zbekistonlik bokschilar hamkorlik qiladi.
Havola :
Manba : Boxer TV
Fikrlar