17 sen 08:35
        Yangiliklar	
	
				
				    Gimnastika, Velosport, Dzyudo, Engil atletika, Boshqalar, Bolalar sporti, Karate, Muaytay			    
				 
				
			 
				Ashxobod-2017. Birinchi kunga bahslardan so'ng 13ta medal bilan 2-o'rindamiz
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tmoqda. 
			Kecha musobaqaning ilk kunida eng katta delegaciya bilan ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilar jami 13 ta medalni qo'lga kiritishdi. SHulardan 2 tasi oltin medallardir.
Terma jamoamizga oltin medallarni kurashchilarimiz Obidali Mavlonov hamda Ilhomjon Mashrapovlar taqdim etishdi. Birinchi kun yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Musobaqa mezboni Turkmaniston terma jamoasi ilk kungi bahslarda 16 ta, 14 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Kuchli uchlikka Tailand terma jamoasi yakun yasagan. Tailandliklarda ham ikki nafar chempion bor.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar