15 sen 18:55
Yangiliklar
Ashxoboddagi Osiyo o'yinlarida qaysi sport turlari bor?
Ushbu o'yinlarda O'zbekistondan 189 nafar sportchi ishtirok etadi. Ko'pchilikni mazkur o'yinlarda qanday sport turlari borligi, bokschilarimiz qanday tarkib bilan musobaqada qatnashishlari haqidagi savollar qiziqtirmoqda. SHuni malum qilishni istardikki, mazkur Osiyo o'yinlarida 21 ta sport turi bo'yicha sportchilar bellashadilar. Havaskor boks bo'yicha bahslar esa ushbu turnirda o'tkazilmaydi.
Musobaqa dasturidan quyidagi sport turlari o'rin olgan:
Turkman milliy kurashi
Ot sporti
Basketbol 3x3
Belbog'li kurash
Bilyard
Bouling
SHaxmat
Sportcha raqs
Futzal
Engil atletika
Tennis
Jui-jitcu
Kikboks
Kurash
Tayboks
Sambo
Suzish
Taekvondo
Velosport
Og'ir atletika
Sport kurashlari (erkin va yunon-rum kurashlari)
Kibersport
Fikrlar