21 apr 12:38
Yangiliklar
Dzyudo

Asian Judo Cup Almaty. Bugun yoshlarimiz bahslarga kirishishadi
Bugun Qozog'istonning Almati shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogi davom ettiriladi.
Bugun qita ochiq kubogida yoshlar bahslarga kirishishadi. Musobaqada mezbonlardan tashqari Rossiya, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondan istedodli dzyudochilar tatamiga chiqishyapti.
Bugun o'g'il bolalar -60, -66, -73, -81, -90, -100 +100, qizlar esa -48, -52, -57, -63, -70, -78 hamda +78 kg vazn toifalarida musobaqa medallari hamda reyting ochkolari uchun bahs olib borishadi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogining birinchi kuni o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 3 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medalni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar