So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

22 apr 07:43
Yangiliklar

Dzyudo

Asian Judo Cup Almaty. Yoshlarimizda 5 ta medal, 2 tasi oltin, qizlarimizga tasanno!

Qozog'istonning Almati shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogi bo'lib o'tdi.

Kecha qita ochiq kubogida yoshlar bahslarga kirishishdi. Musobaqada mezbonlardan tashqari Rossiya, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo'g'uliston va O'zbekistondan istedodli dzyudochilar tatamiga chiqishdi. 

O'g'il bolalar -60, -66, -73, -81, -90, -100 +100, qizlar esa -48, -52, -57, -63, -70, -78 hamda +78 kg vazn toifalarida musobaqa medallari hamda reyting ochkolari uchun bahs olib borishdi.  

Musobaqaning so'nggi kuni qizlarimiz ancha faollik ko'rsatishdi. Terma jamoamizga taqdim etilgan ikkala oltin medal ham aynan ularga tegishli bo'ldi. Kimyo Marasulova va Rinata Ilmatova barcha raqiblaridan ustun kelishdi hamda ularning sharafiga O'zbekiston madhiyasi yangradi. 

SHoxsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:

-48 kg: Kimyo Marasulov (oltin)

+78 kg: Rinata Ilmatova (oltin)

-81 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov (kumush)  

-90 kg: Sardor Hurramov (bronza)

-100 kg: CHingizxon SHokirov (bronza)

Umumjamoa hisobida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Qozog'istondan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi. Mezbonlar 8 ta oltin, 8 ta kumush, 16 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Keyingi o'rinlarni Qirg'iziston, Rossiya, Mo'g'luliston terma jamoalari band etishdi. Bu jamoalar safida bir nafardan chempion bor.  

Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogining birinchi kuni o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 3 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medalni qo'lga kiritgan edi.   

Reyting:    

Fikrlar

   
22 apr 08:34:18
asomiddin qayumov
маладес чингиз
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing