07 iyu 08:23
Yangiliklar
Dzyudo

Asian Juniors Cup 2025. Yoshlarimiz ikkinchi kungi bellashuvlarda ham 9 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTOGALEREYA
Qozog'istonning Olmaota shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogi o'z yakuniga etdi.
Asian Juniors Cup 2025 musobaqasining ikkinchi kuni og'ir vazn toifasida bellashuvlar o'tkazildi. Ilk kungi bahslarda 9 ta medalga ega chiqqan o'zbekistonlik dzyudochilar musobaqaning so'nggi kunida ham terma jamoamiz hisobiga aynan shuncha medalni qo'shib qo'yishdi.
Oltin medallar
-78 kg: SHoira Aminova
+78 kg: Durdona Nizomaddinova
-81 kg: Asrorbek To'laganov
-90 kg: Alisher Samanov
Bronza medallar
-70 kg: Tuygul Hamroeva
-78 kg: Sevinch Mahmudjonova
-81 kg: Arslonbek Qodirov
-81 kg: O'lmas Fatilloev
-90 kg: Sardorbek Erkinov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar